One World Academy Haqida

Hamma bilim olishga haqli

O'n ikki talabadan iborat bitta sinf sifatida boshlangan narsa, uni ishga solgan yaqinlikni hech qachon yo'qotmasdan, to'liq akademiyaga aylandi.

Bizning Hikoya

Bitta sinfxonadan yirik o'quv markazi sari yo'l

One World Academy Zarrux Jamshedovich tomonidan asos solinib, Samarqanddagi obro'li ta'lim markazlaridan biriga aylandi. Hozirda 50 dan ortiq o'qituvchi va pedagoglarni ishga olib 2000 ga yaqin o'quvchiga egadir. Boshlang'ich sinflar uchun yagona sinf sifatida boshlangan narsa yildan-yilga rivojlanib xalqaro imtihonlar va sertifikatlarga ega o'quvchilarni yetishtirmoqda.

Hozirda, Samarqand tumanidagi ota-onalar o'z farzandlarining kelajagini o'ylab One World Academy'ga topshirishoqda va biz ularning ishonchini oqlab kelmoqdamiz.

Vazifa & Maqsadimiz

Bizning Vazifa

Har bir o‘quvchiga zamonaviy bilim, kuchli intizom va global fikrlashni berish orqali ularni kelajakka tayyor, o‘ziga ishongan va raqobatbardosh shaxslar qilib tarbiyalashdir.

Bizning Maqsad

O‘zbekiston miqyosida eng ishonchli, eng kuchli va yaxshi natijalarga ega ta’lim markazlaridan biriga aylanishdir.

Dars o'tish tizimi

Biz qanday dars beramiz va bu nega foyda beradi

Natijaga yo'nalgan ta'lim

Har bir dars aniq maqsad asosida quriladi — o‘quvchi dars oxirida nima bilishi va nimalarni bajara olishi kerakligi oldindan belgilanadi.

Individual yondashuv

Har bir o‘quvchining darajasi, tezligi va qiyinchiliklari hisobga olinadi, shunga mos tarzda tushuntirish va qo‘llab-quvvatlash beriladi.

Amaliyot va nazorat tizimi

Nazariyadan ko‘ra amaliy mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor beriladi, muntazam test va monitoring orqali o‘quvchi rivoji kuzatib boriladi.

Qulayliklar

O'quvchiga yaratilinib berilgan sharoitlar

Moslashuvchan Dars

O‘quvchilar uchun ertalab va kechki guruhlar mavjud bo‘lib, har kim o‘ziga qulay vaqtni tanlashi mumkin

Qulay Joylashuv

Markazimiz oson yetib boriladigan hududda joylashgan bo‘lib, transport jihatdan qulay.

Zamonaviy O'quv muhiti

Darslar zamonaviy texnologiyalar va jihozlangan xonalar orqali samarali tashkil etiladi.

Doimiy Aloqa va Nazorat

Ota-onalar va o‘quvchilar bilan muntazam aloqa o‘rnatilib, natijalar va davomat doimiy kuzatib boriladi.

Nega ota-onalar bizni tanlashadi

Yillar davomida qurilgan ishonch

Sifatli o'quv markazi tanlash oila uchun juda ham muhim. Bizni tanlashdagi farq nimada.

  • Farzandining natijasini aniq ko‘rishni istagan ota-onalar bizni tanlaydi
  • Doimiy nazorat va ochiq hisobot tizimi orqali ishonchni ta’minlaymiz
  • Tajribali ustozlar har bir o‘quvchini individual rivojlantiradi
  • Imtihon va sertifikatlardagi real natijalar — bizning eng katta isbotimiz